SportUz.Net
photo photo

Pogba dramasi. Italiyadan tashvishli xabar

15.12.2022 13:46    


Rasmni yuklab olish

Franciyalik futbolchining sog'lig'ida muammolar bor.

Yarim himoyachi Pol Pogba o'tgan yozda "Manchester Yunayted"ni tark etgan va uzoq yillardan so'ng "Yuventus"ga qaytishga qaror qilgandi. Biroq joriy mavsumda u iyul oyidagi jamoa yig'inida tizzasidan olgan jarohati sabab "keksa sinora" safida maydonga tushmadi.

Futbolchi operaciya qilishga qaror qildi. SHu tariqa, u Jahon chempionatidan chetda qoldi. Biroq u dekabr oyidayoq mashg'ulotlarga va o'yinlarga qaytadigandek edi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, afsuski, buning iloji yo'q. Franciyalik futbolchining tiklanishi kutilganidan sekinroq kechmoqda. Sentyabrdagi operaciyadan keyingi 8 haftalik reja ish bermadi. Demak, trenajyor zali va basseynda shug'ullanayotgan Pogba fevraldan oldin safga qaytishi dargumon.

Pogbaning jarohati "Yuventus" qishda Adrien Rabo bilan xayrlashmoqchi emasligini anglatadi, garchi bunday malumotlar ilgari paydo bo'lgan bo'lsa ham.

Rabo mavsumni Turinda yakunlashi, so'ngra klubini almashtirishi kutilmoqda. Hozirda u Franciya terma jamoasi safida Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: