SportUz.Net
photo photo

Belotti vs. SHomurodov

04.11.2022 14:00    


Rasmni yuklab olish

O'tgan yoz Andrea Belotti erkin agent sifatida “Roma”ga kelib qo'shildi va 1+2 ko'rinishida shartnoma imzoladi.

Albatta, mazkur transfer o'zbekistonlik muxlislarga maqul kelmagani aniq. CHunki, SHomurodov endi nafaqat Temmi Abraxam, balki, Belotti bilan ham asosiy tarkib uchun kurashishiga to'g'ri kelardi. Bundan tashqari, klub 27 yoshli hujumchini qo'yib yuborishni xohlamadi va mavsum davomida rejalariga uni ham kiritgani xabar qilingandi. Ammo Eldor hozirgacha klub libosida hali birorta ham o'yinni asosiy tarkibda boshlamadi. Balki, u A Seriyaning boshqa klubiga o'tib ketgani yaxshimidi?

Joze Mourinyu o'zi uchun "yoqimtoy" bo'lgan italiyalikka ko'proq imkon bermoqda. Xo'sh, u bu ishonchni oqlay olyaptimi o'zi?

Keling, Belotti va SHomurodovning joriy mavsumdagi statistikasiga etibor qaratamiz.

Andrea Belotti, 28 yosh

Umumiy 14 ta uchrashuvda (6 ta asosiy, 8 tasi zaxiradan) maydonga tushdi va faqatgina bitta o'yinda (XIK – “Roma” 1:2) zaxirada qoldirildi;

Ikkita gol urdi – XIK (3:0) hamda “Betis” (1:1) bilan o'yinda;

Belotti o'ynagan bahslarning 8 tasida “bo'rilar” g'alabaga erishdi, 5 tasida yutqazdi va bir marta durang o'ynadi;

Maydonda umumiy 610+ daqiqa harakat qildi.

A Seriyadagi rasmiy statistikasi:

Umumiy paslari – 63 ta (71 foiz aniq);

Hujum yaratilgan paslar – 6 ta;

O'rtacha maydonga bosib o'tgan yo'li – 6 km;

Eng yuqori tezligi soatiga 33,12 km;

Darvoza tomon aniq zarbalari – 4 ta;

Noaniq zarbalar – 1 ta;

Unga nisbatan fol ishlatilgan – 8 marta;

U qo'pollik ishlatgan – 7 marta.

Eldor SHomurodov, 27 yosh

Umumiy 7 ta uchrashuvda qatnashdi va barchasi zaxiradan maydonga tushdi. 11 ta o'yinda qaydnomadan joy oldi, ammo bahsda ishtirok etmadi – 4 tasi Evropa Ligasi, 7 tasi A Seriyada;

Mavsumdagi yagona golini “Ludogorec”ga qarshi (1:2) o'yinda aynan Belottining o'rniga zaxiradan tushib, urishga erishdi;

Eldor qatnashgan o'yinlarning 3 tasida rimliklar g'alaba qozongan va 4 tasida imkoniyat boy berilgan;

Maydonda umumiy 91+ daqiqa (!) harakat qilgan.

A Seriyadagi rasmiy statistikasi:

Umumiy paslari – 20 ta (85 foiz aniq);

O'rtacha maydonga bosib o'tgan yo'li – 2 km;

Eng yuqori tezligi soatiga 32,22 km;

Darvoza tomon aniq zarbalari – 1 ta;

Noaniq zarbalar – 2 ta;

Unga nisbatan fol ishlatilgan – 1 marta.

+BONUS

O'zbekistonlik futbolchi bo'lgani uchun SHomurodovni ko'proq o'ynashini xohlayotgandek ko'rinayotgandirmiz, ammo oktyabr boshida EA Sports kompaniyasi FIFA 23 simulyatorida hafta ramziy jamoasiga hamyurtimizni ham kiritdi va uning xalqaro maydondagi (Kosta Rika – 1:2 va Kamerun – 1:1 bilan o'rtoqlik o'yinlarida) ishtirokini yuqori baholab, reytingini ko'tarib qo'ygandi.

“WhoScored” statistik portali joriy mavsum hisob-kitobiga ko'ra esa Eldor o'rtacha 6,19 ballga, Belotti 6,37 ballga baholamoqda.

Xulosa o'zingizdan…


Muallif: Eldor Akmurzaev



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: