SportUz.Net
logo

"Manchester Siti" "Borussiya D"ni, "Real" esa "Liverpul"ni mag'lub etdi

07.04.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

Evropa CHempionlar ligasida 1/4 finalning dastlabki ikkita uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Manchester Siti" klubi o'z maydonida Dortmundning "Borussiya" jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Madridning "Real" jamoasi esa "Liverpul" klubidan 3:1 hisobida ustun keldi. Javob uchrashuvi oldidan "Qirollik klubi" yaxshi imkoniyatga ega bo'lib oldi. 

"Manchester Siti" - "Borusssiya Dortmund" 2:1

Gollar: 1:0 – 19 de Bryuyne, 1:1 – 84 Roys, 2:1 – 90 Foden.

"Manchester Siti" – Ederson, Joau Kanselu, Ruben Diash, Uoker, Stounz, de Bryuyne, Gyundogan, Bernardu Silva (Gabriel Jezus, 59), Rodri, Marez, Foden.

"Borussiya D" – Xitc, Morey (Mene, 81), Akandji, Xummels, Gerreyru, Bellingem, Djan, Knauff (Reyna, 63), Daud (Dileyni, 81), Roys, Xoland.

Ogohlantirishlar: Jan (30), Bellingem (37).


"Real Madrid" - "Liverpul" 3:1

Gollar: 1:0 – 27 Vinisius Junior, 2:0 – 36 Asensio, 2:1 – 51 Salax, 3:1 – 65 Vinisius Junior.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Vaskes, Modrich, Kazemiro, Asensio (Valverde, 70), Kroos, Vinisius Junior (Rodrigo, 85), Benzema.

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, Fillips, Robertson, Kabak (Firmino, 81), Mane, Veynaldum, Diogu Jota (SHakiri, 81), Fabino, Salax, Keyta (Tiago Alkantara, 42).

Ogohlantirishlar: Mane (39), Vaskes (49), Tiago Alkantara (56), Aleksander-Arnold (83).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: