
Zinedin Zidanning Franciya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi Terri Anri "CBS Sports" telekanaliga bergan intervyusida "Real" sobiq bosh murabbiyining kelajakdagi manzili Franciya termasi bo'lishi mumkinligini aytdi.
"U "Yuventus"ga bormaydi. Menimcha, Zidan Franciya terma jamoasini kutmoqda", – dedi Anri.
Franciya terma jamoasini hozirgi kunda 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo qo'ygan Dide Desham boshqarmoqda. Zidan 2021 yilning yozida "Real"ni tark etganidan buyon ishga qaytmagan.

WBC Gran-prisi. Mujibillo Tursunov ertangi jangi oldidan raqibi bilan yuzma-yuz keldi (FOTO)
SHohasan, Odilxon va Bobur "Gorilla" ishtirok etadigan Toshkentdagi Octagon 83 turniridan ONLAYN