Manbaga ko'ra, "kanonirlar" serbiyalik yarim himoyachi uchun taxminan 60 million evro, shuningdek, 25 million evroga baholangan futbolchisi Sambi Lokongani taklif qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, yozda "Arsenal" Milinkovich-Savichni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rgan va unga 55 million evro taklif qilgan, biroq "burgutlar" rahbariyati rad javobini bergandi.
Milinkovich-Savich joriy mavsum "Lacio" tarkibida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "burgutlar" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilda yakuniga etadi.
"Faqatgina ikki hil variant bor". Xoakin Bakli Usmanga qarshi jang uchun taxmin bildirdi