Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Joau Feliks yanvarda yoki mavsum oxirida jamoani tark etmoqchi. AS xabariga ko'ra, PSJ va "Bavariya" futbolchini sotib olishga shay.
Portugaliyalik o'zining klubdagi holatidan norozi. Xalqaro tanaffusdan keyin 22 yoshli hujumchi jami 37 daqiqani maydonda o'tkazdi.
Feliksning "matraschilar" bilan kelishuvi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi. Futbolchining tovon puli – 350 million evro.
Avvalroq "Atletiko" bosh murabbiyi Feliks nega asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotganiga izoh bergan edi.
"Boshqa aziyat chekishni istamadim". Topuriya engil vaznga o'tish sababini ochiqladi