"SHaharliklar" APLning 11-turida "Liverpul"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishdi. Norvegiyalik futbolchi o'yinda 90 daqiqa harakat qildi. Lekin gol ura olmadi.
SHu tariqa, Xolandning "Man Siti" tarkibidagi 10 ta o'yindan iborat golli seriyasi yakunlandi. Ushbu seriya 21 avgust kuni boshlangandi. Hujumchi so'nggi marotaba 13 sentyabr kuni "Bornmut" bilan o'yinda (4:0) maydonni golsiz tark etgandi.