SportUz.Net

"Barselona" ECHLni tark etsa, 21 million evro yo'qotadi

13.10.2022 21:50    


Rasmni yuklab olish

Bu haqida ispan nashrlaridan biri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" ECHL guruh bosqichidan chiqa olmasa, 21 million evro mukofot pulidan mahrum bo'ladi.  "Barselona" direktorlar kengashi avvalroq 2022/2023 yilgi mavsum uchun byudjetni tasdiqlagan va moliyaviy prognozlar ECHL chorak finalini ham o'z ichiga olgandi. 

Eslatib o'tamiz, ECHLning 4-turidan so'ng guruhda "Bavariya" 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Inter"da 7 ochko mavjud bo'lsa, "Barselona" 4 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Autsayder sifatida esa birorta ochko ololmagan "Viktoriya" joylashgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: