
"Yuve" avvalroq “CHelsi” azosi Kristian Pulishich bilan bog'langan edi. Endi La Liganing yana ikki yulduzi – "Atletiko"da harakatlanayotgan Antuan Grizmann va "Real" hujumchisi Marko Asensio ham A Seriya klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.
Xuddi Pulishich kabi Grizmann va Asensio o'z jamoalarida doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun kurashmoqda. Grizmann La Ligada bittagina o'yinni asosiy tarkibda boshladi. 26 yoshli vinger Asensio Madrid klubida ushbu mavsum barcha musobaqalarda atigi 48 daqiqa harakatlandi, xolos.
"Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri yozda Paulo Dibala va Deyan Kulusevski bilan yo'llari ayrilgach hujum chizig'ini kuchaytirishga intilmoqda.

Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu