SportUz.Net
photo photo

Bekxem qirolicha Elizaveta II bilan xayrlashish uchun 13 soatdan ortiq navbatda turdi + FOTO

17.09.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

Devid Bekxem marhum qirolicha Elizaveta II bilan xayrlashish uchun 13 soatdan ortiq navbat kutdi.

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi mahalliy vaqt bilan taxminan 2:15 da navbat olgan bo'lsa, 15:25 oralig'ida Britaniya qirolichasi tobuti oldiga etib keldi. 

"Pringls eymiz. SHerbet Lemons eymiz. Sendvich va kofe", - dedi sobiq futbolchi. 

"Men royalchilar oilasida o'sganman. Meni shunday tarbiyalashgan: agar buvam va buvim tirik bo'lganlarida, ular ham bu erda bo'lishni istagan bo'lardilar. SHuning uchun, men bu erda ular, oilam va albatta atrofimdagilar nomidan bo'lib turibman. 


Mening omadim kelgan. Angliya terma jamoasi sardori sifatida mamlakatim sharafini himoya qilganman va ko'p marotaba u bilan uchrashish imkoniga ega chiqqanman. 

Har doim biz terma jamoa libosida turganimizda, qo'limda sardorlik bog'ichi bo'lardi va biz "Xudoyim, qirolichani asra"ni aytardik. Bu biz uchun katta ahamiyatga ega edi. 


Men uchun eng ahamiyatli lahzalardan biri Britaniya imperiyasi Ordenini olganim edi. Men shunchaki mukofot olgani chiqmaganman, Hazrati oliyalari bilan gaplashganman, u menga savollar bergan. Hayotim davomida mana shunday damlar bo'lgani mening omadimdir", - dedi Bekxem.

Devid marosimda 13 soat kutganiga qaramay, "tizzalari bilan barchasi joyida" ekanligini aytdi. 

U 2003 yilda qirolicha qo'lidan Britaniya imperiyasi Ordenini qabul qilib olgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: