
Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe PSJ safida Xayfaning "Makkabi"siga (3:1) qarshi o'yinda eng yaxshi bahoni oldi. Messi, Neymar va Mbappe mavjud 10 balldan 7 ball to'pladi. Ular bittadan gol urdi, shuningdek, argentinalik futbolchi golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachi Vitinya va darvozabon Janluiji Donnarumma 6 balldan, xavbek Marko Verratti va himoyachi Danilo Pereyra 5 ochkodan qo'lga kiritdi. Himoyachilar Nunu Mendesh va Markinosning o'yini 4 ochkodan baholangan bo'lsa, Nordi Mukiele va Serxio Ramos 3 ochkodan jamg'argan.
Kilian Mbappe g'alaba golini urgani uchun UEFA talqinida eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu