Bugun ham Iroq terma jamoasi futzalchilarimizga raqiblik qiladi. Terma jamoalar 13 sentyabr kuni dastlabki o'rtoqlik o'yinini o'tkazishgan va unda vakillarimiz 5:4 hisobida g'alaba qozonishgandi. Bugun jamoalar ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadilar.
Uchrashuv soat 18:00da "Yunusobod" sport majmuasida boshlanadi. O'FA matbuot xizmati xabar berishicha, futzalchilarimiz bugungi o'yinda oq libosda harakat qilishadi.
15 sentyabr. Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston – Iroq
"Yunusobod" yopiq sport majmuasi. 18.00