SportUz.Net
photo photo

O'zPFL to'plarni yashirgan "Navbahor", qaydnomani kech topshirgan "Paxtakor" hamda boshqalarni jarimaga tortdi

12.09.2022 14:25    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston futbol Associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda bir qator ishlar ko'rib chiqildi.

"Yig'ilishda eslatib o'tilgan, biroq Tartib-intizom qo'mitasi vakolatiga kirmaydigan, ammo "2022 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti"ning buzilishi holatlari bo'yicha O'zPFL tomonidan jarimalar belgilanadi. 

Unga ko'ra, O'zbekiston Coca Cola kubogining ¼ finalidan o'rin olgan "Navbahor lochinlari" — "Paxtakor" uchrashuvida Reglamentning 2 ta bandi buzilgan. Birinchi navbatda “Paxtakor” futbol klubi 15.8-band bo'yicha qaydnomaga kirishi lozim bo'lgan shaxslar ro'yxatini 90 daqiqa avval emas, balki 60 daqiqa avval taqdim etgan. Bu holat uchrashuv komissariga 15.4-band orqali izohlangan. Vaholanki, mazkur bandning to'rtinchi xatboshisi jamoa uchun emas, komissar uchun tegishli hisoblanadi. Mazkur holat OAV xodimlari, jumladan, uchrashuvlarni teletranslyaciya qiluvchi "Sport" telekanali, qolaversa, mezbon jamoa etiroziga sabab bo'lgan. Boisi "Navbahor lochinlari" futbol klubi bellashuv komissariga qaydnoma bo'yicha shaxslar ro'yxatini 90 daqiqa avval taqdim etgan. Reglament bandining to'g'ridan-to'g'ri buzilishidan kelib chiqib, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Mazkur bellashuvning so'nggi 20 daqiqasida "Navbahor lochinlari" futbol klubi rasmiylari tomonidan Reglamentning 16.11-bandidagi holatga zid harakatlarni amalga oshirish boshlangan. Talab bo'yicha maydondagi to'p bilan qo'shib hisoblaganda uchrashuvni tezroq davom ettirish maqsadida 8 ta to'p hozirlab qo'yilishi lozim. SHunga qaramay, mezbon jamoa hisobda oldinda borayotganidan kelib chiqib, "Navbahor lochinlari" klubi rasmiylari to'p uzatib turuvchi bolalar qo'lidagi to'plarni yashirishga harakat qilgan. Mazkur holatga O'zPFL vakillari aralashganidan keyin maydon atrofida 3 ta to'p qoldirilgan. Qolgan to'plar masalasi esa izohsiz qolgan. SHundan kelib chiqib, "Navbahor lochinlari" futbol klubi jarimaga tortildi. 

Malumot uchun, Coca Sola Superligasi 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" — "Navbahor lochinlari" uchrashuvida ham mezbonlar tomonidan shunday harakatni amalga oshirishga urinish komissar tomonidan qayd etilgan. Biroq O'zPFL komissarining talabidan keyin maydondagi 8 ta to'p o'z joyida qoldirilgan.   

SHuningdek, Coca Sola Superligasi 18-turindan o'rin olgan "Paxtakor" — "Metallurg" uchrashuvi yakunida mehmonlar matbuot xizmati tomonidan uchrashuv rasmiylariga nisbatan ayblovlar elon qilingan material chop etildi va klub jarimaga tortildi. Boisi, "Metallurg" futbol klubi Reglamentning 14-bobidan kelib chiqib, qaydnomaga rasmiy etiroz kiritmadi. SHundan kelib chiqilsa, bu erda klub poziciyasi bir xil emasligini ko'rish mumkin. Har bir futbol klubida uchrashuv rasmiylarining harakat yoki harakatsizligiga nisbatan, shuningdek, uchrashuvni tashkil etish bilan bog'liq holatlarga etiroz bildirish huquqi mavjud. Buni qanday amalga oshirish masalalari Reglamentga ko'rsatib o'tilgan", – deyiladi rasmiy xabarda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: