Hujumchi Eldor SHomurodov zaxiradan o'yinga qo'shilib, hisobni tenglashtiruvchi golni urdi. Bolgariyadagi og'ir kechadan so'ng klub matbuot xizmati hamyurtimizdan intervyu oldi.
"Bu biz uchun og'ir kecha bo'ldi. Ayniqsa, maydon holati yaxshi emasligini aytib o'tishim lozim. Biroq bu o'zini oqlash bo'lib qolmasligi kerak. Biz bunday o'yinlarda hamisha g'olib chiqishimiz joiz. Hammasini to'g'rilash uchun vaqt etarli. Bugungi o'yin nihoyasiga etdi. Biz "Empoli"ga qarshi bo'lajak bahs haqida o'ylashimiz kerak, chunki vaqt oz qoldi. Biz 3 kundan so'ng yana o'yin o'tkazamiz", – dedi forvard.
Eslatib o'tamiz, "Empoli" – "Roma" uchrashuvi 12 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
SHohasan Mirzamatov keyingi jangini qachon, qaerda va kimga qarshi o'tkazishiga ishora berdi (FOTO)
Rahmonovning menejeri: "CHempionni kutishning iloji yo'q - o'zimizni eslatib qo'yishimiz kerak"