Kecha "Viktoriya Plzen" bilan o'yindagi (5:1) xet-trikdan so'ng Levaning ECHLdagi gollari soni 89 taga etdi. U "Real" futbolchisi Karim Benzemadan (86) oshib ketdi.
Bu borada ikkinchi o'rinni 125 ta gol bilan Lionel Messi egallab turibdi. Krishtianu Ronaldu esa 140 ta gol bilan rekordchi hisoblanadi.