SportUz.Net
photo photo

Qarshidagi mini-futbol turnirida kasbiliklar birinchi bo'lishdi FOTOGALEREYA

31.03.2021 21:25    


Rasmni yuklab olish

Qarshi shahrida viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining viloyat bo'limi va viloyat futbol associaciyasi hamda bir nechta tashkilotlar hamkorligida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida mini-futbol

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining viloyat bo'limi va viloyat futbol assocasiyasi hamda bir nechta tashkilotlar hamkorligida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida mart oyida sportning mini-futbol turi bo'yicha o'tkazilgan sport oyligining viloyat final bosqichi musobaqasi "Qarshi Plaza" mehmonxonasining suniy qoplamali mini futbol maydonlarida ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Mazkur mini-futbol musobaqasida barcha tuman (shahar)lardan kelgan 160 nafarga yaqin 18-30 yoshli uyushmagan yoshlar 16 ta jamoa bo'lgan holda 2 guruhga bo'linib, final yo'llanmasi uchun maydonda to'p tepishdi. 

Musobaqa so'ngida quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o'rin: Kasbi tumani jamoasi

2-o'rin: Nishon tumani jamoasi

3-o'rin: Dehqonobod tumani jamoasi 

Musobaqa so'ngida g'olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi va O'zbekiston Superligasi doirasida o'tkaziladigan "Nasaf" - "Turon" uchrashuviga kirish uchun chiptalarga ega bo'lishdi.

Faxriddin CHoriev, saytimizning Qashqadaryodagi muxbiri



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: