"Real" Kazemironi qadrlaydi, ammo "Manchester Yunayted" 70 million evro taklif qilsa, klub muzokaralar stoliga o'tirishga tayyor.
"Real" fevralda 31 yoshni qarshi oladigan braziliyalik tayanch yarim himoyachisining yoshini va yozda "Monako" tayanch futbolchisi Orelen CHuameni uchun 80+20 mln evro sarflaganini hisobga oladi.
"Man Yunayted" o'yinchining transferini muhim deb hisoblaydi va Kazemironing Ispaniyada olayotgan yiliga 7 mln evrolik maoshini ikki barobar ko'tarishga tayyor.
Kazemiro "Real"da 2013 yildan beri o'ynaydi, u klub bilan 5 bor CHempionlar Ligasida g'olib chiqqan.