SportUz.Net
photo photo

FIFA “Mashal”ga nisbatan transfer taqiqi belgiladi

10.08.2022 14:50    


Rasmni yuklab olish

Joriy yilning 11 aprel kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Mashal” futbol klubi va uning nigeriyalik sobiq futbolchisi Ifeani Ifeani o'rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi.

Unga ko'ra, “Mashal” futbol klubi futbolchi oldidagi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to'lovlarini 45 kun mobaynida to'lash majburiyati yuklatilgan. Agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o'z vaqtida bajarilishi taminlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'yilishi haqida ogohlantirish berilgan.

Biroq klub bu borada xabardor etilgan bo'lsa-da, ushbu nizoli vaziyatni hamon hal etmagan. SHu munosabat bilan, FIFA bugundan etiboran “Mashal” futbol klubiga nisbatan transfer taqiqi belgiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: