Championat.asia saytining Italiya futboli bo'yicha mutaxassisi Sergey Rumyancevning malum qilishicha, "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodovni "Torino"dan tashqari "Sassuolo" ham o'z tarkibiga jalb qilishga urinmoqda.
Sergey bu borada "Sassuolo" sport direktori Jovanni Rossi va bosh direktor Jovanni Karnelli bilan gaplashdi. Ular bu borada juda ehtiyotkorlar, ammo ularga Eldor yoqishi mumkinligini tasdiqlashdi.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar Turinning "Torino" klubi Eldor SHomurodov bo'yicha "Roma"ga taklif yuborgani haqida malumot bergan edik.
SHomurodovga A Seriyaning ikki klubi qiziqmoqda. "Roma" hujumchini sotishga tayyor (Nikolo Skira)
"Unga muxlislik qilaman". Fiziev Islam Maxachevga qarshi kim jang qilishi kerakligini aytdi