
Serra-Leone ikkinchi divizionida "Kaxunla Reynjers" jamoasi "Lumbebu Yunayted"ni 95:0, "Galf" esa "Kokima Livan"ni 91:1 hisobida mag'lub etgan. Bunday natija mamlakat futbol jamoatchiligida ko'plab savollarni keltirib chiqargan. Ushbu o'yinlarning birinchi bo'limi 2:0 va 7:1 hisobida yakunlangandi.
Tashkilot rasmiy saytida malum qilinishicha, bu bo'yicha tergov ishlari olib boriladi.
Qizig'i, bunga bukmekerlik faoliyatining aloqasi yo'q. O'yinlar bir vaqtda boshlangan, yuqori divizionga chiqish uchun kurashayotgan "Kaxunla Reynjers" va "Galf" jamoalari hisobida bir hil ochko bo'lgan. To'plar nisbati barchasini hal qilishi lozim edi.
Yana bir fakt shuki, "Galf" - "Kokima Livan" o'yini hakami tanaffus vaqtida o'yinni davom ettirishni istamagan va uning o'rniga boshqa hakam ishlagan.
Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu