SportUz.Net

Saloh "Liverpul" tarixidagi rekord maoshga ega bo'ldi

02.07.2022 12:00    


Rasmni yuklab olish

Avvalroq, "Liverpul" matbuot xizmati hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnoma uzaytirilganini malum qilgandi.

Yangi bitimga ko'ra, Muhammad Saloh klub tarixidagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi. Salohning haftalik maoshi 350 ming funtga teng. Bu esa mutlaq rekorddir. Bundan tashqari, yangi shartnomada bonuslar ham ko'zda tutilgan. 

Saloh 2017 yil "Liverpul"ga o'tgandi. Debyut mavsumidayoq hujumchi barcha musobaqalarda 44 ta gol urdi. Ulardan 32 tasi Premer-ligada qayd etilgan. 38 o'yin o'tkazgan Saloh turnir rekordini o'rnatgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: