Le Parisien nashrining malum qilishicha, PSJning yozgi transferlar oynasidagi asosiy nishoni "Sassuolo" forvardi Janluka Skamakka bo'lib turibdi.
Malumotlarga qaraganda, PSJ Italiya termasi hujumchisi uchun 35 mln evro taklif qilgan. "Sassuolo" esa Skamakka uchun 50 mln so'ramoqda va narxni tushirmoqchi emas.
Janluka Skamakka o'tgan mavsum A Seriyada 36 o'yinda maydonga tushib, 16 gol urishga erishgandi.