Malumotlarga qaraganda, "Barselona" vakili Suares bilan bog'langan va futbolchining klubga qaytish masalasini muhokama qilgan.
Kataloniyaliklar undan avgust oyigacha kutib turishlarini so'rashgan. "Barsa"ning asosiy maqsadi Robert Levandovski hisoblanadi.
Suares 2014-2020 yillar davomida "Barselona"da o'ynagan. Uning so'nggi jamoasi "Atletiko" bo'lgandi.
Urugvaylik futbolchi oldida "Sevilya", "Vilyarreal" va "River Pleyt" jamoalaridan taklif bor.