
Kataloniya klubiga PSJ tomonidan vositachilar qo'ng'iroq qilishdi. "Barselona"ga Parij klubi bilan muzokaralarda muammo bo'lmasligi vada berildi.
30 yoshli braziliyalikning o'zi esa "Barsa"ga qaytishdan mamnun bo'lar edi. Bu hujumchi ketishga tayyor bo'lgan yagona klub.
Ammo, kataloniyaliklar hozirda Neymar bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqishmayapti, sababi ular "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining transferiga etiborlarini qaratishgan.
Neymar o'tgan mavsum parijliklar safida barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 8ta assist qayd etdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu