SportUz.Net

PSJ Gvardiolani taklif qilishi mumkin

25.05.2022 05:50    


Rasmni yuklab olish

Parijliklar murabbiylik masalasini o'rganib chiqishmoqda.

L’Equipe nashrining takidlashicha, PSJ murabbiylik masalasini juda muhim deb hisoblaydi. Bundan tashqari, klub bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirgan hujumchi Kilian Mbappeni xursand qilish istagi ham bor. Parijdagilar Zinedin Zidanni taklif qilishni xohlashadi, lekin u bilan kelishish juda qiyin.

Jamoa uchun yangi variant – Xosep Gvardiolani 2023 yilda, yani uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi tugagach olib kelish. Maurisio Pochettino PSJ bilan 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha ishlashda davom etishi mumkin. 

Boz ustiga, argentinalik Mbappe bilan yaxshi til topishadi va klub rahbariyati hech qanday holatda yulduz hujumchi bilan munosabatlarni buzishni istamaydi. Muqobil ravishda yangi murabbiyni atigi bir yilga tayinlash masalasi ko'rib chiqilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: