SportUz.Net

OCHL. "Nasaf" va "Paxtakor" futbolchilari tur razmiy jamoasiga kirishdi

25.04.2022 08:25    


Rasmni yuklab olish

OFK tomonidan OCHL guruh bosqich 5-turining eng faol futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzildi.

"Al Sadd" bilan bellashuvda dubl qayd etgan "Nasaf" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy hamda "Paxtakor" o'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov mazkur jamoadan joy oldi.

Darvozabon – Odil Al Husani ("SHarja", BAA)

Himoyachilar Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor", O'zbekiston), Muteb Al Mufarriy ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni), Dame Traore ("Al Rayyan", Qatar), Mehdi SHiri ("Fulad", Eron)

Yarim himoyachilar – Salmon Al Faraj ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni), Akmal Mozgovoy ("Nasaf", O'zbekiston), Xattan Baxebri ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni), Edmilson Junior ("Al Duhayl", Qatar)

Hujumchilar – Martin Boyl ("Al Faysali", Saudiya Arabistoni), Laendre Tavamba ("Al Tavun", Saudiya Arabistoni)

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" oxirgi tur o'yinini 26 aprelda "Al Tavun"ga qarshi o'tkazadi. "Nasaf" esa 27 aprel kuni "Al Vihdat"ga qarshi maydonga tushadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: