SportUz.Net
photo photo

O'zbekiston MTJ ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvlari Namangan va Toshkent shaharlarida o'tkaziladi

18.03.2021 11:50    


Rasmni yuklab olish

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida Gana va Iroq vakillariga qarshi maydonga tushadi.

O'zbekiston futbol associaciaciyasi Gana terma jamoasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini Namangan shahridagi «Markaziy» stadionida tashkil etishni reja qilgan. Mazkur bahs 26 mart kuni soat 18.00 da start oladi.

Milliy jamoamizning Iroq vakillariga qarshi o'rtoqlik o'yini poytaxtimizdagi «Bunyodkor» stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 29 mart kuni soat 18.00 da boshlanadi.

Stadion hududida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga amal qilish, o'zaro ijtimoiy masofa saqlash talab etiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: