Klub futbolchini 35 million evroga qo'yib yuborishga tayyor, milanliklar birgina forvard uchun yozda bunday mablag'ni to'lashmoqchi emas.
"Milan" "Sassuolo"ga bitimga hali etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan yosh o'yinchilarini qo'shishni taklif qilmoqda.
Yarim himoyachi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 14ta assist qayd etdi.