SportUz.Net

"Liverpul" sobiq futbolchisi Qozog'iston klubini boshqaradi

18.12.2021 10:25    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Albert Riera Qozog'istonning "Aksu" klubi bosh murabbiyi bo'lishi kutilmoqda.

Pavlodar viloyati sharafini himoya qiluvchi ushbu klub 2022 yilda Qozog'iston Premer-Ligasida debyut qiladi. 

39 yoshli mutaxassis bir necha kundan so'ng "Aksu" yig'iniga qo'shiladi. 

Ayni paytda Riera Evropada malaka oshirmoqda. SHundan so'ng Qozog'istonga yo'l oladi. 

Uning so'nggi ish joyi "Galatasaroy" bo'lgandi. U bosh murabbiy Fotix Terimga yordamchi bo'lib ishlagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: