SportUz.Net
photo photo

"Liverpul" yana CHempionlar ligasiga chiqish uchun joriy mavsum ushbu musobaqani yutishi kerak"

05.03.2021 12:23    


Rasmni yuklab olish

"CHelsi" sobiq futbolchisi Kris Satton "Liverpul"ning londonliklarga qarshi o'yindan keyingi mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

"Kloppning jahli chiqqan. To'rtinchi hakam bilan nimalarnidir gaplashdi. Nima haqida - bilmayman. Uning jamoasini to'lig'icha taslim etishdi. 

"Liverpul"da muammolar ko'p. Agar ular keyingi mavsum CHempionlar ligasida ishtirok etishni istashayotgan bo'lsa, bu yil ushbu musobaqada g'alaba qozonishlari kerak.

"CHelsi" esa TOP-4 ga ilinish uchun asosiy favorit hisoblanadi", - dedi sobiq futbolchi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: