SportUz.Net
photo photo

Anchelotti “Barsa”ning La Ligadagi holati va Xavi haqida gapirdi

07.11.2021 11:25    


Rasmni yuklab olish

“Real” ustozi Karlo Anchelotti “Barselona”ning La Ligadagi ishtirokiga to'xtaldi.

- Xavi kelgan taqdirda ham “Barselona” endi La Ligada g'olib chiqa olmaydimi?

- “Barselona” haqida gapirish men uchun qiyin. Bu klubni hurmat qilaman, Xavini ham va unga faqat muvaffaqiyatlar tilayman.

Bunga xursand bo'lish kerak emas, “Barselona”da og'ir vaziyatdan chiqib ketish uchun kerakli tajriba bor. Ularning bu qadar ortda qolayotgani ajablanarli, albatta, lekin ular kurashga qaytishga qodirlar. Mavsum uzoq, chempionatda esa raqobat yuqori. Hamma narsa bo'lishi mumkin”, deydi italiyalik mutaxassis.

Kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida 12 o'yindan so'ng 17 ochko to'plagan holda 9-o'rinda bormoqda. “Real” esa 27 ochko bilan jadval etakchisi bo'lib turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: