SportUz.Net
photo photo

PSJ "Bordo"ni mag'lub etdi, Neymar dublga erishdi, g'alaba to'pini Mbappe kiritdi

07.11.2021 10:50    


Rasmni yuklab olish

Franciya chempionatining 13-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv "Bordo" va PSJ jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda parijliklar 3:2 hisobidagi muhim g'alabani tantana qilishdi. Neymar dublga erishdi. Braziliyalik har ikki safar ham to'pni Mbappedan qabul qilib, darvozaga joylagan. 63-daqiqada Kilianning o'zi ham gol urdi. 

Raqib o'yinning so'nggi daqiqalarida 2 ta gol urishga erishdi, lekin ortig'iga vaqt ham, kuchi ham etmadi. Natijada, Mbappening goli poytaxtliklarga uch ochko keltirdi.   

Bordo – PSJ 2:3

"Matmyut Atlantik" stadioni

Gollar: 0:1 – 26 Neymar, 0:2 – 43 Neymar, 0:3 – 63 Mbappe, 1:3 – 78 Elis, 2:3 – 90 Nyang.

"Bordo" – Kostil, Pembele (Mensa, 46), Kvateng, Koselni, Gregersen, Mangash (Nyang, 68), Dilrosun (Brian, 79), Otavio (Uden, 68), Adli, Onana (Franserjio, 86), Elis.

PSJ – Navas, Xakimi, Markinos, Kerer, Bernat (Mendesh, 64), Veynaldum, Errera, Ebimbe (Danilu Pereyra, 75), Draksler (Guye, 75), Neymar, Mbappe (Ikardi, 86).

Ogohlantirishlar: Pembele (28), Mbappe (74), Nyang (88).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: