
Luchano Spaletti shogirdlari 11 uchrashuvda 10 g'alaba qozonib, bir marta durang o'ynagan holda 31 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda.
Bu natija "Napoli" uchun o'z tarixida ikkinchi bor mavsumdagi eng yaxshi start bo'ldi. "Napoli" ilk marta 2017/18 yilgi mavsumda Mauricio Sarri boshchiligida buni uddalagan, ammo klub yakunda chempionlik poygasida "Yuventus"ga imkoniyatni boy bergandi.
Hozirda "Napoli" turinliklardan 16 ochko oldinda bormoqda. Bir o'yin kam o'tkazgan "Milan" 28 ochkoga ega bo'lgan holda neapolliklarni taqib etmoqda.

Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu