- Kuman ketyaptimi? Xohlaymizmi yo'qmi futbolda shunday jarayon yuz beradi. Murabbiyni ishdan bo'shatish butun jamoani qo'yib yuborishdan ko'ra osonroq. Kuman bilan sodir bo'lgan voqeadan xafaman, chunki u do'stim edi va men uni qadrlayman. Agar ko'proq vaqt berilganida, ehtimol, yaxshi natijalarga erishgan bo'lardi, - dedi Gaspar.
Joan Gaspar, shuningdek, "Barselona" ushbu mavsumda Ispaniya chempionati va CHempionlar ligasida g'alaba qozonishini, chunki bu turnirlarda hali hammasi oldinda ekanligini takidladi.