SportUz.Net
photo photo

Simeone: "Suaresdan Messiga qo'ng'iroq qilib, uning "Atletiko"ga o'tish ehtimoli bor yoki yo'qligini so'radim"

13.10.2021 12:25    


Rasmni yuklab olish

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Lionel Messining transferini amalga oshirishga uringani haqida gapirdi.

"Men bo'lgan barcha narsani aytib beraman. Hurmat sabab o'zim Messiga qo'ng'iroq qilmadim, ammo Luis Suaresdan buni amalga oshirishni so'radim. Leodan uning "Atletiko"ga transferi bo'yicha ozgina bo'lsa ham imkoniyat bor yoki yo'qligini bilmoqchi edim.

Ammo, tez orada PSJ transfer borasida rasmiy malumot berdi. Agar siz mendan Messi qaerda o'ynashi kerak deb so'rasangiz, g'alaba qozonishni xohlaydigan jamoada deb javob bergan bo'lardim. G'alaba qozonish uchun nima qilishni biladigan jamoada", - deydi Simeone.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: