SportUz.Net
photo photo

Ronaldu: "Ikkita gol uraman deb o'ylamagandim. O'yin boshida juda asabiy edim"

12.09.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

Krishtianu Ronaldu "Nyukasl"ga (4:1) qarshi o'yinda debyut qildi.

Ikkita golni rasmiylashtirishga erishgan futbolchi o'yindan keyin "Old Trafford"ning o'zida debyut haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ikkita gol uraman deb o'ylamagandim. Bitta gol - ha, buni kutgandim. MYU muxlislariga ajoyib muhit uchun raxmat aytaman.
Eng muhimi - g'alaba qozonish. MYU o'z joyida bo'lishi lozim. Biz g'alaba qozonishimiz, g'oliblik ruhini shakllantirishimiz kerak. Aynan shunga barchamiz harakat qilyapmiz. Gol urganimdan mamnunman, buni yashirmayman.
Ammo, eng muhimi baribir jamoamizning g'alabasi. Taassurotlar esa aql bovar qilmas darajada. Boshlang'ich tarkibda maydonga tushganimda biroz asabiylashdim. Butun o'yin davomida muxlislar mening ismimni kuylashlarini kutmagandim. Bu bilinmagan bo'lishi mumkin, lekin boshida juda asabiy edim. Hammaga malumki, Angliya futboli boshqa mamlakatlarnikidan keskin farq qiladi. Men bu erga 18 yoshimda kelganimda menga mehr ko'rsatishgandi, shuning uchun ham men qaytdim. Jamoada har kim o'z ishini qilishi lozim. Bizda yosh va fantastik jamoa, fantastik murabbiy bor. O'zimizga bo'lgan ishonchni oshirolsak bo'lgani. APL va CHempionlar Ligasida g'alaba qozonish uchun jamoa yanada rivojlanishi kerak. Ammo, biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Men bu erga jamoaga yordam berish uchun keldim", -deydi Krishtianu Ronaldu. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: