SportUz.Net
photo photo

Ibragimovich: "Oltin to'p"ni olmaganimdan afsusdamanmi? Aksincha, "Oltin to'p" menga nasib etmaganidan afsusda"

11.09.2021 07:50    


Rasmni yuklab olish

"Milan"ning 39 yoshli hujumchisi Zlatan Ibragimovich intervyusida o'z kuchiga ishonishini takidladi.

"Oltin to'p"ni olmaganimdan afsusdamanmi? Aksincha, "Oltin to'p" menga nasib etmaganidan afsusda. Agar kuchli fazilatlar haqida gapiradigan bo'lsam, Messi va Ronaldu mendan ortiq emas. Kuboklarni hisobga olsak, CHempionlar Ligasini qo'lga kirita olmadim. Qaysi mezon bo'yicha eng yaxshisi aniqlanishini bilmayman, biroq bunga befarq ham emasman. Umuman olganda, men dunyodagi eng eng yaxshi futbolchiman, deb o'ylayman", — deydi Ibragimovich.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messida oltita, Krishtianu Ronalduda beshta "Oltin to'p" mavjud. Yakshanba kuni Ibrohimovich jarohatidan tiklanib, maydonga qaytishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: