O'zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda. Hamyurtlarimiz ikkinchi o'yinda Moldova termasini 10:2 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l olishdi. Yarim finaldagi raqibimiz Belarus termasi bo'ladi.
Ushbu o'yin 10 sentyabr kuni 17:00 da boshlanadi. Ikkinchi yarim final juftligida esa Rossiya va Qirg'iziston termalari o'zaro kuch sinashishadi.
MDH o'yinlari. Futzal.
Moldova - O'zbekiston 2:10
Gollar: Eshonqulov 02.57, Pleshka 07.49 Avtogol, Kubani 09.18, Fahriddinov 16.15, 2° - 09.50, 2° - 12.33, Safarov 19.13, 2° - 11.59, Murodqulov 2° -14.00, Krasilov 2° - 17.50, 2° - 18.54, Umarov 2° - 19.34.
O'zbekiston: Qosimjon Safarov, Daler Eshonqulov, SHahram Fahriddinov, Toshtemirov Nurillo, Mahramov Umidjon
Zaxira: Kamol Nazarov, Artur Umurov, Muhammadjonov Muhammadyusuf, Mamadoliev Damir, Abdurahmonov Abdusattor, Murodqulov Samandar.
Yarim final: O'zbekiston - Belarus