
"Miami Herald" nashrining klubdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, 38 yoshli hujumchi floridaliklar bilan shartnomani bir yilga uzaytirishga yaqin turibdi. Urugvaylik futbolchining amaldagi kelishuvi 2025 yilning 31 dekabrigacha mo'ljallangan.
2026 yilgi mavsum 2024 yildan buyon jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan Suares uchun "Inter Mayami"dagi so'nggisi bo'lishi kutilmoqda.
Klubning MLS Kubogidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'tgan mavsum finishida hujumchi asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi – u raqobatda 19 yoshli argentinalik Mateo Silvettiga yutqazib qo'ydi.
2025 yilgi mavsumda 32 ta o'yinda (pley-offni inobatga olganda) maydonga tushgan Suares o'z hisobiga 10 ta gol va 11 ta assist yozdirib qo'ygan.
Siril Gan Aspinall bilan jang qachon tashkil etilishi haqidagi savolga javob qaytardi
"Qanday qilib?" Joshua - blogerlar va bokschilar taqqoslanishiga munosabat bildirdi