
Farg'ona viloyatining sharafli o'g'loni, O'zbekiston U-17 terma jamoasini Osiyo chempionligiga etaklagan va Jahon chempionati nimchorak finaliga olib chiqqan murabbiy — Islombek Ismoilov “Neftchi” PFKning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Marg'ilon shahrida tug'ilgan Islombek Ismoilov yosh bo'lishiga qaramay, milliy futbolimizda sezilarli natijalarga erishib, murabbiylik sohasida eng istiqbolli kadrlardan biri sifatida tanilgan. U boshqargan U-17 terma jamoasi zamonaviy o'yin uslubi, intizom va xarakter bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
“Neftchi” jamoasi chempioni sifatida kelgusi mavsumdagi asosiy vazifalar —
chempionlikni saqlab qolish va mustahkamlash,
Osiyo CHempionlar Ligasi elit bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish,
jamoaning raqobatbardosh va uzluksiz rivojini taminlash.
Islombek Ismoilovga jamoamizni boshqarishdek sharafli va masuliyatli vazifada ulkan zafarlar tilaymiz", - deb yozadi Farg'ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.



WBA reytingi yangilandi: SHahram G'iyosov peshqadam sifatida qoldi, qolganlarning o'rni qanday?