
Yarim himoyachiga Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Yakuniy qaror qabul qilish futbolchining o'zida qolgan. "Navbahor" ham futbolchini saqlab qolishni maqsad qilgan.
Joriy mavsum Abbos G'ulomov Superligada 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va yana 3 ta golga assistlik qildi.