SportUz.Net
iks
ads

Vinisius "Real"dan ketadimi? APL klubining qiziqishi ortib bormoqda

01.12.2025 16:42    


Rasmni yuklab olish

Vinisius Juniorning "Real"dagi kelajagi nomalumligicha qolmoqda.

"Manchester Yunayted" 25 yoshli vingerning vaziyatini diqqat bilan kuzatishni boshladi va allaqachon uning jamoasi bilan bog'landi.

Malumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" allaqachon futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni olib borgan. Hozircha rasmiy taklif bilan chiqilmagan bo'lsa-da, qiziqish juda jiddiy.

SHuni takidlash kerakki, Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi, ammo uning uzaytirilishi hali aniq emas.  

Braziliyalik futbolchi 2018 yildan beri Madrid jamoasida o'ynab kelmoqda. U 340 o'yinda maydonga tushib, 111 ta gol urgan va 89 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: