
Toshkent jamoasi OKMK sardori Islom To'xtaxo'jaev va yarim himoyachi Sardor Mirzaevni ortga qaytarishi mumkin. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.
Malumot uchun, To'xtaxo'jaev 2012-2020 yillar oralig'ida "temiryo'lchilar" safida harakat qilgan. Himoyachi joriy mavsum OKMK safida Superligada 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va uchta assist bor.
Sardor Mirzaev esa 2014-2020 yillar oralig'ida "Lokomotiv" safida to'p surgan. Yarim himoyachi joriy mavsum Superligada 2 ta bahsda maydonga tushdi.
Maks Xollouey nega Oq uydagi turnirda jang qilish imkoniyati kattaroq ekani haqida gapirdi
"Uni sindiraman". CHendler - Makgregor bilan Oq uydagi ehtimoliy jang haqida gapirdi