SportUz.Net
iks
ads

SHomurodov Turkiya Superligasi to'purariga aylanib olgan o'yinda "Bashakshehir" 101-daqiqadagi gol evaziga mag'lub bo'ldi

25.11.2025 07:54    


Rasmni yuklab olish

"Istanbul Bashakshehir" hamda "Trabzonspor" jamoalari o'rtasida Turkiya Superligasining 13-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning 10-daqiqasida "Bashakshehir" futbolchisi Ebosele to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jamoasini qiyin ahvolga tashlab ketdi. 

SHunga qaramay, mezbonlar birinchi bo'lib gol urishdi. Eldor SHomurodovning jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ammo "Trabzonspor" raqib kamchilik ekanligidan foydalandi va 101-daqiqadagi gol evaziga irodali g'alabaga erishdi - 4:3. 

Abbos Fayzullaev ushbu uchrashuvda zaxirada qoldi. Ushbu bahsda gol kiritgan SHomurodov va Onuachular 9 ta to'p bilan liga to'purarlariga aylanib olishdi.

Turkiya Superligasi, 13-tur

"Istanbal Bashakshehir" - "Trabzonspor" 3:4

Gollar: Selke 22 (pen.), SHomurodov 45, Yildirim 90+1 - Felipe Augusto 37, Onuachu 76 (pen.), Muchi 77, Muchi 90+11.

"Istanbal Bashakshehir": 16.Muhammad, 6.Onur, 5.Duarte, 27.Ba, 36.Ebosele, 20.Umut, 8.Kemen, 23.Deniz, 14.Eldor SHomurodov, 25.Xarit, 9.Selke.

Zaxira: Dog'an, Berat, Opoku, Brnich, Da Kosta, Abbos Fayzullaev, Bertug, Krespo, Kaluzinski, Omer Ali.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: