
"Messi har doim "Barselona"ning oila azosi bo'lib qoladi; u bizning eshiklarimiz uning uchun ochiqligini biladi. Biz uni hurmat qilamiz, u "Barselona"da eng yuqori etirofga loyiq.
"Kamp Nou"da uning sharafiga haykal o'rnatilishi kerak. U klubimizda o'z izini qoldirgan afsonaviy futbolchilardan biri.
Buni yig'ilishda muhokama qildik va shuning ustida ishlayapmiz. Biz uning oilasidan rozilik olishimiz kerak. Bu barcha "Barsa" muxlislariga yoqadi", - dedi Kataloniya klubi prezidenti.
