SportUz.Net
iks
ads

JCH-2026 saralashi. Afrika qitasida 1/2 final uchrashuvlari bo'lib o'tdi

14.11.2025 11:54    


Rasmni yuklab olish

Afrika qitasida 2026 yilgi jahon chempionati saralashida o'z guruhida 2-o'rinni egallagan eng yaxshi 4 jamoa ishtirokida pley-off bahslarining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Nigeriya Gabonni 4:1 hisobida mag'lub etdi va pley-offning final bahsiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

JCH-2026 saralashi. Marokash. Pley-off. 1/2 final

Nigeriya — Gabon 4:1

Gollar: Adams (78), Ejuke (98), Osimhen (102, 110) — Lemina (89).


Ikkinchi yarim final bahsida esa Kamerun terma jamoasi kutilmaganda Kongo DR`ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

JCH-2026 saralashi. Marokash. Pley-off. 1/2 final

Kamerun — Kongo DR 0:1

Gol: Mbemba (90+1).

SHu tariqa, endi Kongo DR va Nigeriya terma jamoalari 16 noyabr kuni final bahsida to'qnash keladi. G'alaba qozongan jamoa qitalararo pley-off musobaqasiga yo'llanma oladi va ushbu kichik turnirdagi g'alaba ularga JCH-2026 yo'llanmasini taqdim etadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: