
Dastlab Vinisius Junior 47 va 69-daqiqalarda gol urib, hisobni ishonchli ko'rinishga olib kirdi. Georgis Mikautadzening 73-daqiqadagi goli "suvosti kemasi" uchun yagona bo'lib qoldi.
Ushbu g'alabadan keyin "Qirollik klubi" 21 ochko bilan 1-o'ringa ko'tarilib oldi. Bugun "Sevilya" klubi mehmoni bo'ladigan "Barselona" 19 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. "Real"ga yutqazgan "Vilyarreal" 16 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
