SportUz.Net
iks
ads

Gvardiola Husanovning o'yini haqida fikr bildirdi

15.09.2025 09:48    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan keyin (3:0) Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.

"Keyingi o'n bir oy davomida har uch kunda o'yin o'tkazamiz. Agar Husanov barcha o'yinlarni o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi deb o'ylasangiz, bunga birorta inson bardosh berishi mumkin emas! Bizga futbolchilarning jarohatdan qaytishi zarur.

Lekin uning jismoniy holatini bilaman, u juda yosh, bazi narsalarni o'rganishi kerak, ammo tezligi juda yuqori! U o'z qanotini juda zo'r himoya qildi. U bexato o'ynadi, to'pni ko'p yo'qotmadi.

U o'rganishi kerak, bazida shijoati tufayli noto'g'ri qarorlar qabul qiladi, lekin u kelganidan beri ko'p suhbatlashamiz. Barchasiga chora vaqt masalasi, xolos.

Uning tezligi aql bovar qilmas darajada, doim diqqatini jamlagan holda o'ynaydi. U juda alo darajada o'yin ko'rsatdi", dedi ispaniyalik 54 yoshli murabbiy.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: