SportUz.Net

Kotrina Kulbite: "Munosib o'yin ko'rsatib, Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz"

28.06.2025 16:18    


Rasmni yuklab olish

2026 yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “F” guruhi uchrashuvlari oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite ham ishtirok etdi

— Barchani ko'rib turganimdan xursandman. Nafaqat turnirga tayyorgarlik balki, O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasidagi 6 oylik faoliyatim ajoyib tarzda o'tdi, deya olaman. Bu davr mobaynida jamoada ijobiy muhit shakllandi, kayfiyat va futbolchilarning jismoniy holati yuqori darajada. Munosib o'yin ko'rsatib, Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz.

Guruhdagi jamoalar haqida

— Raqib jamoalarining o'yinlarini chuqur tahlil qildik. Lekin barchasi maydonda, o'zaro o'yinda hal bo'ladi. SHunday ekan har qanday holatga tayyor turishimiz talab etiladi. Nepal terma jamoasiga bir oy avval yangi murabbiy tayinlangan bo'lsa-da, tarkibda legioner futbolchilar mavjud. SHri-Lanka va Laos ham kuchsiz jamoalar emas. Biroq biz o'z o'yin uslubimizga tayanib, ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: