Qirg'iz futbol ittifoqining xabar qilishicha, ushbu o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Maksim Lisicin shogirdlari 12 martdan boshlab Bishkekdagi "Muras Yunayted" qarorgohida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagan.
Championat.asia saytiga ko'ra, Qirg'iz Respublikasi termasi tayyorgarlik yakunlangach, 18 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan o'yinda ishtirok etish uchun Toshkentga yo'l oladi.
Avvalroq Qirg'iz Respublikasining kengaytirilgan tarkibi malum qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi bahsi 20 mart kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 21:00 ga belgilangan.
Iliya Topuriya: "Hammasi menga bog'liq bo'lganida, 13 iyul kuniyoq Maxachev bilan jang qilardim"